💬 Yordam
Qanday yordam kerak?
Muammo yoki savolingiz bo'lsa, quyidagi kanallar orqali biz bilan bog'laning. Eng tezkor javob uchun Telegram'dan foydalaning.
Ko'p so'raladigan savollar
Ilova bepulmi?
Ha, EatRight to'liq bepul. Barcha asosiy funksiyalar — skanerlash, kaloriya hisoblash, kundalik — pullik emas.
AI kaloriyani qanday aniqlaydi?
Ovqat rasmini yuklasangiz, Gemini 2.0 Flash modeli ovqatni tanib, 500+ taomlik bazamizdan ma'lumot olib, taxminiy kaloriya va BJU ni hisoblaydi.
Natijalar qanchalik aniq?
Aniqlik rasmning sifatiga bog'liq. Yaxshi yorug'lik va yaqin suratda 85–95% aniqlikka erishiladi. Bu taxminiy ko'rsatkich, tibbiy maslahat emas.
Parolimni unutdim, nima qilaman?
Kirish sahifasidagi "Parolni tiklash" tugmasini bosing va email manzilingizga ko'rsatmalar yuboriladi.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Ha. Barcha ma'lumotlar shifrlangan holda saqlanadi va uchinchi tomonlarga sotilmaydi. Batafsil — Maxfiylik Siyosati.
O'zbek taomlari bazasi bormi?
Ha! 500+ o'zbek va rus taomlari bazamizda mavjud: palov, manti, somsa, lag'mon, shurpa va boshqalar.